23:50 / 20.06.2017
19674

Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga rais tayinladi. Bu haqida "Uzdeyli" xabar berdi.

Davlat rahbari farmoniga muvofiq, Mirshod Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Mirshod Qurbonov bunga qadar Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Top