00:19 / 20.06.2017
13327

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huquqlari kengaytirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muassislarining quyidagi takliflari ma'qullangan:

• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qurultoyi oliy boshqaruv organi hisoblanadi va u har to‘rt yilda kamida bir marta yig‘iladi;

• qurultoylar orasida palataning boshqaruv organi qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan 25 kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi hisoblanadi;

• palataning ijro etuvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo‘mitasi hisoblanib, u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumiga bevosita hisobot beradi;

• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi s'yezdining delegatlari tomonidan saylanadi;

• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi raisi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo‘mitasi ishini boshqaradi;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi huquqlar berilsin:

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tartibga solish masalalari bo‘yicha takliflar taqdim etish;

• ekspert kengashlarini tashkil etish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha noaniqliklar va turlicha yondashuvlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy javob talab etiladigan yozma so‘rovnomalarni taqdim etish;

• Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan va cheklayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etish;

• Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik sub'yektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning muddatlari va sonini belgilashda, tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini himoya qilish uchun bevosita ularning faoliyati tekshiruvlarida ishtirok etish, shuningdek, tekshiruvlarning natijasi bo‘yicha qabul qilingan nazorat organlarining qarorlariga norozilik bildirish;

• tadbirkorlik sub'yektlari va davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishni ta'minlash maqsadida davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning vakolatli shaxslaridan zarur ma'lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish;
• jinoiy ishlar bo‘yicha amaliyotda jamoat himoyachilari sifatida ishtirok etish;

• davlat organlarining vakolatli shaxslari qarorlari, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlar bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari nomidan sud jarayonining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, shikoyat arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, jumladan, nazorat tartibida rad etish to‘g‘risidagi xatlarni taqdim etish;

• davlat aktivlarini xususiylashtirish, jumladan, davlat mulki obektlarini «nol»ga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish, shuningdek, davlat organlari va davlat xizmatlarining ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;

• o‘zining tarkibida belgilangan tartibda ta'lim muassasalarini tashkil etish.

Top