11:07 / 20.06.2017
13869

Janubiy Koreya prezidenti amerikalik talaba o‘limi tufayli KXDRga ayblov bilan chiqdi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In amerikalik talaba Otto Vormbiyerning o‘limi munosabati bilan Shimoliy Koreyada inson huquqlari poymol etilishidan afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Pak Su Xyon ma'lum qilgan.

«Ryonxap»ning xabar qilishicha, prezident «Vormbiyer vafot etgani haqidagi xabarni eshitib, qayg‘uga cho‘mgan», shuningdek, amerikalik talaba oilasiga o‘z hamdardligini izhor etgan.

Avvalroq 17 oy davomida Shimoliy Koreya turmasida mahbuslikda ushlangan 22 yoshli amerikalik talaba Otto Vombiyer ozod qilingandan bir necha kun o‘tib shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top