09:34 / 21.06.2017
53468

Azim Zomin Shifo – salomatligi haqida qayg‘urayotgan insonlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda

Xalqimizda o‘z o‘rnida, bilib aytilgan bir naql bor – “Salomatlik – tuman boylik”. Haqiqatan ham insonning salomatligi yaxshi bo‘lmasa, uning hayoti ham chiroyli kechmaydi. Qo‘li hech bir ishga bormay, doim tushkun kayfiyatda yuradi. Bu esa, o‘z navbatida, yon-atrofdagi yaqin kishilariga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun salomatligimizdan doim xabardor bo‘lib turishimiz oldimizda turgan eng katta burchlarimizdan biridir. 

Xo‘sh, kishi o‘z salomatligidan qanday xabardor bo‘lib turadi? Albatta, biror yeri og‘rib qolishi bilan emas. Sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlari unga bu ishda yordam beradi. Yangi ochilgan Azim Zomin Shifo MChJ tomonidan taklif etilayotgan tibbiy xizmatlar va sog‘lomlashtirish xizmatlari o‘z salomatligi borasida qayg‘urayotgan har bir insonga bu ishda ko‘maklashadi.

Xo‘sh, ushbu maskan qaysi yaxshi jihatlari bilan ajralib turadi, u yerning afzalliklari nimada? Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan Azim Zomin Shifo MChJ sog‘lomlashtirish va dam olish maskanida barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, ikki o‘rinli xonalar, oilaviy dam olish uchun kottejlar bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun maxsus tayyorlangan. Bundan tashqari, davolash diagnostika bo‘limi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. 

Faoliyati endigina yo‘lga qo‘yilgan ushbu maskanda, bundan tashqari, ultratovush tekshiruvlar, EKG, EXO doplerografiya, keng tarmoqli klinik biokimyoviy IFA tekshiruvlar, davolash tasxishlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Yuqori malakali kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, stomatolog shifokorlar tomonidan ambulator va statsionar sharoitda davolash ishlari olib boriladi. Ushbu mutaxassislarning professionalligi kelajakda bu yerga tashrif buyuruvchi har bir kishining ko‘nglidan joy topa bilishi tabiiy.

Yana shuni aytish mumkin-ki, yuqori va past chastotali toklar bilan davolash, umurtqa pog‘onasini kompyuterli tortish, suv muolajalari, Kedr bochkasi, balchiq va parafin ozokerit bilan davolash, terrenkur davolash, jismoniy tarbiya, basseyn, giyohli fitodamlamalar va parhez ovqatlanishlarning yo‘lga qo‘yilgani maskanning dovro‘g‘ini butun respublika bo‘ylab tarqalishiga sababchi bo‘lgan omillardir.

Yangi ochilganiga qaramay, odamlar tiliga tushgan maskanga tashrif buyurib, o‘z salomatligini yaxshilash, bu orqali nafaqat o‘zining, balki yaqin kishilarning ham kayfiyatini ko‘tarishga sababchi bo‘lmoqchilar uchun ushbu maskan joylashgan manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Qo‘riq qishlog‘i. 

Murojat uchun telefon: +998943417547 +998943427547 
Instagram: @azimzominshifo_official

Reklama huquqi asosida.

Top