07:58 / 21.06.2017
6475

Filippin janubidagi maktabda jangarilar odamlarni garovga oldilar

Foto: Romeo Ranoco / Reuters Podrobneye na RBK: http://www.rbc.ru/society/2

Bir oydan beri IShID bilan bog‘langan jangarilar va Filippin armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgan Filippin janubida ekstremistlar maktabga hujum qilib, odamlarni garovga oldilar. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Voqea Mindanao oroli markazidagi Kotabato viloyatida joylashgan Pigkavayyan shahrida yuz bergan. Bu yerda "Bangasamoroda ozodlik uchun islom kurashchilari" (BIFF) guruhi a'zolari hukumat qo‘shinlari bilan otishmaga kirishgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.

Pigkavayyan BIFF jangarilari boshqa guruhlar jangarilari bilan bir oy davomida hukumat armiyasi bilan faol jangovar harakatlar olib borgan Maravi shahridan 190 km uzoqlikda joylashgan. 

May oyida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte IShIDni qo‘llab-quvvatlovchi jangarilar va armiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangandan keyin Mindanao viloyatida harbiy vaziyat tartibini kiritgandi. 

Mavzuga oid
Top