08:18 / 21.06.2017
14523

Flagmanlarning yangi "qotili" namoyish qilindi - OnePlus 5

OnePlus kompaniyasi flagmanlarning to‘rtinchi avlodini "xatlab o‘tdi" - OnePlus 3'dan keyin OnePlus 5 namoyish qilindi. Aftidan, bu xitoyliklarning irimlari bilan bog‘liq: 4 raqami xitoy tilida "o‘lmoq" fe'li bilan bir xil talaffuz qilinadi. Hi-Tech shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

OnePlus 5 tashqi ko‘rinishidan tim qora rangdagi iPhone 7 Plus'ga o‘xshab ketadi. Unda ikki kamera, logo, antennalar uchun plastik asos, yon tomonidagi klavishlar kabilarning joylashuvi takrorlanadi. Yangi qurilma Apple mahsulotidan USB Type-C va quloqchinlar ulagichlari, shuningdek Home tugmali ekran va barmoq izlari skaneri bilan ajralib turadi. 

Taqqoslab ko‘ring:

OnePlus 5'ning xususiyatlari:

Displey: 5,5 dyuym, Full HD, Optic AMOLED;
Protsessor: Snapdragon 835 — 8 yadro 2,4 GGts chastotada;
Xotira: 6 yoki 8 Gb LPDDR4X va 64 yoki 128 Gb UFS 2.1;
Kamera: asosiy 16+20 Mp va frontal 16 Mp;
Batareya: 3300 mAs Dash Charge tezkor quvvatlagich bilan;
Tizim: Android 7.1.1, OxygenOS.

6/64 Gb xotirali OnePlus 5  modeli 479 dollarga baholanmoqda. 8/128 Gb'li to‘ng‘ich model esa - 539 dollar. 

Mavzuga oid
Top