23:28 / 21.06.2017
9737

"Oskar" mukofotining uch karra sovrindori kinodan ketishga qaror qildi

Foto: Jason Merritt / Getty Images

Mashhur britaniyalik aktyor, "Oskar" mukofotining uch karra sovrindori Deniyel Dey-Lyuis aktyorlik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.

"Bu shaxsiy qaror, u ham, uning vakillari ham bunga boshqa izoh bermaydilar", deb aytgan aktyor vakili Lesli Dart.

Aktyorning bunday qaror qabul qilishi sabablari ma'lum qilinmagan.

Dey-Lyuis "Nyu-York bandalari", "Mavjudlikning chidab bo‘lmas yengilligi" kabi filmlarda suratga tushgan. Aktyor "Mening chap oyog‘im", "Linkoln" va "Neft" filmlaridagi rollari uchun "Eng yaxshi erkak aktyor" yo‘nalishida 3 marta "Oskar"ga sazovor bo‘lgan. 

Bundan tashqari, aktyor 2 marta "Oltin globus" va 4 marta BAFTA mukofotlari sovrindori bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top