18:56 / 21.06.2017
10201

Stounxenjga yilning eng uzun kunini kutib olish uchun 13 ming kishi keldi

Buyuk Britaniyaning Stounxenjida yildagi eng uzun kunni kutib olish maqsadida 13 ming kishi yig‘ildi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Uiltshir grafligidagi mashhur inshoot joylashgan tumanda quyosh mahalliy vaqt bilan soat 4:52 da chiqqan.

London va Manchesterdagi teraktlar tufayli yodgorlik oldida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hududni qurollangan politsiyachilar qo‘riqlab turgan.

Stounxenjga, masalan, uy hayvonlari, yotoq anjomlari, barbekyu uchun narsalari bo‘lgan kishilar kiritilmagan. Uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalarning parvozi ham taqiqlandi.

Uiltshir politsiyasining aytishicha, tadbir tinch o‘tgan, biroq yetti kishi hibsga olingan, ulardan taqiqlangan dori vositalari topilgan.

Mavzuga oid
Top