Tinch okeanining Gvatemala qirg‘oqlarida 6,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
AQSh Geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yer osti silkinishi epimarkazi Puerto-San-Xosedan 38 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr yer tubida bo‘lgan.
Ayni damda vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.