19:54 / 22.06.2017
6489

Qirg‘izistonda balog‘atga yetmaganlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlandi

Foto: RIA Novosti

Qirg‘izistonda balog‘atga yetmaganlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlandi. Bu haqdagi qonun loyihasi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev tomondan ma'qullandi.

Shifokorlar spirtli energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishini anchadan beri aytib kelishadi. Bunday ichimliklar Yevropaning ko‘plab davlatlarida taqiqlangan. Rossiyada ham bu masala ko‘tarilmoqda.

Ma'qullangan qonunga muvofiq spirtli, tetiklashtiruvchi spirtsiz va spirti kuchsiz bo‘lgan ichimliklarni quyidagi hollarda sotish taqiqlanadi:

- bolalar, ta'lim muassasalarida va ularga yondosh hududlarda hamda tibbiyot muassasalari hududlarida;

- shahar va shahar tashqarisida qatnovchi jamoat transportining barcha turlarida; 

- madaniyat tashkilotlari (ularda joylashgan umumiy ovqatlanish joylaridan tashqari), sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida;

- 18 yoshga yetmaganlarga;

- ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarida, harbiy qismlar hududlarida (harbiy savdo obektlaridan tashqari), chodirlar, konteynerlar, qo‘lda, avtomashinalarda hamda bunday mahsulotlarni sotish uchun jihozlanmagan joylarda.

Mavzuga oid
Top