13:07 / 22.06.2017
10486

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vazirligiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida axborot-tahlil boshqarmasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan Tajyetdinov Aybek Altinbekovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan.
 
O‘tgan yilning oktabr oyida iqtisodiyot vaziri Sariyev Qahramon Rametullayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlangan va Daniyarov Saylavbay Saparbayevich uning o‘rnini egallagan edi. 

Shu yilning may oyida esa S.Daniyarov Mo‘ynoq tumaniga hokim etib tayinlangandi.  

Top