15:53 / 22.06.2017
18472

Hindiston 7 yil ichida Xitoydan o‘zib ketadi

Hindiston aholisi yetti yildan so‘ng Xitoy aholisidan oshib ketadi, Nigeriya esa AQShni ortda qoldirib, 2050 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. BMTning aholishunoslik bo‘limi hisobotida shunday taxminlar bor. 

Hisobotga ko‘ra, Yerning 7,6 mlrd.lik hozirgi aholisi 2030 yilga kelib 8,6 mlrd kishiga yetadi, 2100 yilda esa 11,2 mlrd. insonni tashkil etadi.

Yer aholisi har yili 83 mln.ga ko‘paymoqda va bu ko‘rsatkich yaqin yillar davomida saqlanib qoladi. BMT bo‘linmasi rahbari Jon Uitmotning so‘zlariga ko‘ra, hisobot jahonning 233 davlatidagi demografik vaziyatni baholash asosida tuzilgan. «Afrika aholisi yuqori o‘sish bilan ajralib turadi, 2050 yilgacha kuzatiluvchi o‘sishning yarmidan ko‘pi aynan shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi, - deydi u. Boshqa jihat – Yevropa aholisining kamayishi bilan bog‘liq. Bu yaqin bir necha o‘n yil davomida kuzatiladi».

Kutilishicha, 2050 yilgacha aholisi soni tezlik bilan o‘sib boradigan davlatlarga quyidagilar kiradi – Hindiston, Nigeriya, Kongo, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya, Uganda va Indoneziya. 

Tug‘ilish darajasi eng kam mamlakatlar esa quyidagilar – Rossiya, Xitoy, AQSh, Braziliya, Yaponiya, Vetnam, Germaniya, Eron, Tailand va Buyuk Britaniya.

Mavzuga oid
Top