14:30 / 23.06.2017
5661

Maykl Jordanning libosi qariyb 300 ming dollarga sotildi

Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning libosi kimoshdi savdosida rekord mablag‘ – 274 ming dollarga sotildi. Jordan aynan shu libosda 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlarining Ispaniya termasiga qarshi kechgan final bahsida (96:65) harakatlangan, deb xabar bermoqda «R-Sport».

Jordan musobaqa yakuniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchi, deb topilgan. 21 yoshli basketbolchi 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlari finalida 20 ochko yiqqan.

O‘yin libosini sotish bo‘yicha avvalgi rekord 173 ming dollarni tashkil etgan bo‘lib, u ham aynan Jordanga tegishli bo‘lgan.

Top