19:01 / 23.06.2017
6270

Navalniyni Rossiya prezidentligi uchun qo‘llash shtablarining tashkil etilishi noqonuniy, deb ataldi

Foto: RIA "Novosti"

Aleksey Navalniyni Rossiya prezidenti lavozimi uchun nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shtablarning tashkil etilishi saylov kampaniyasi doirasidan tashqarida va qonunan emas. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga asosan xabar berdi.

Shuningdek, MSK bayonotida aytilishicha, Rossiya prezidenti saylovlari bo‘yicha hech qanday rasmiy saylov kampaniyasi hozircha o‘tkazilmayapti, nomzodlarni dekabr oyidan ilgari surish mumkin bo‘ladi.

Rossiya MSK shunday bayonotni “RF MSKga ba'zi jismoniy shaxslar tomonidan “prezidentlikka nomzodlik” bo‘yicha go‘yoki saylov kampaniyasi o‘tkazayotgani borasida kelib tushgan murojaatlari tufayli bergan.

"Ayni damda Rossiya prezidentligi saylovlari bo‘yicha hech qanday rasmiy saylov kampaniyasi o‘tkazilmayapti. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilning martida bo‘lib o‘tishi kerak. Saylovlarni belgilash haqidagi qaror 2017 yilning dekabrida qabul qilinadi", - deyiladi bayonotda.

Mavzuga oid
Top