18:59 / 23.06.2017
4637

Pokistonda sodir etilgan portlashlarda 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Parachinor shahrida sodir etilgan 2 ta portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Pokistonlik amaldorlarning aytishicha, portlashlar mahalliy bozorda 3 daqiqalik oraliq bilan birin-ketin sodir etilgan.

Ta'kidlanishicha, voqea vaqtida bozorda iftorlikka yegulik xarid qilayotgan ko‘p sondagi odamlar bo‘lgan.

Avvalroq Pokistonda bomba portlashi oqibatida mikroavtobusning 10 yo‘lovchisi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top