18:46 / 24.06.2017
5085

"Formula-1"ning "Maklaren" jamoasi poygachilari 70 pozitsiyaga jazolanishdi

Foto: AFP

"Formula-1" avtopoygasining "Maklaren" jamoasi poygachilari Fernando Alonso va Stoffel Vandorn Ozarboyjon Gran-prisi poyga startida umumiy hisobda 70 pozitsiyaga jazolanishdi.

Motorsport nashrining ma'lum qilishicha, ikki karra jahon chempioni Alonso poyga bolidi kuch qurilmasi komponentlarini almashtirishga ruxsat etilgan limitdan oshiqroq detali almashtirilgani uchun 40 o‘rin bilan, poygada bu mavsumdan ishtirok etishni boshlagan uning jamoadoshi esa xuddi shu sababga ko‘ra 30 o‘ringa jazolandi.

Alonso va Vandorn erkin yurishlarning 3-sessiyasi natijalariga ko‘ra mos ravishda 14- va 16-o‘rinni egallashgandi.

"Mersedes" poygachisi Valtteri Bottas poyganing 3-mashg‘ulotida eng yaxshi vaqt ko‘rsatgan.

Mavzuga oid
Top