17:28 / 24.06.2017
5010

Xitoydagi ko‘chki natijasida besh kishi halok bo‘ldi, 120 inson bedarak yo‘qoldi

Foto: Reuters

Xitoyning Sichuan viloyati Desi shahri yaqinidagi Sinmo qishlog‘ida ro‘y bergan ko‘chki oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 120 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Sinxua agentligining hukumat ma'lumotlariga asosan xabar berishicha, tuproq tagida 60 dan ortiq turar joy inshootlari qolib ketgan.

Avvalroq viloyat hukumati bedarak yo‘qolgan kishilar soni 200 nafar atrofida ekanini xabar bergandi. Qutqaruvchilar ma'lumotiga ko‘ra, ko‘chki hajmi 18 mln. kub m.ni tashkil etadi.

Ta'kidlanishicha, uch kishi qutqarilgan. XXR raisi Si Tszinpin tabiiy ofat tufayli ko‘chki tagida qolganlarni chiqarib olish uchun barcha kuchlarni safarbar etishga ko‘rsatma berdi.

Hodisa joyiga harbiy xizmatchilar, maxsus texnika va yuzlab qutqaruvchilar yetib kelishdi. Ular ishi yomg‘ir tufayli murakkablashmoqda.

Top