13:23 / 24.06.2017
35837

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, polkovnik Mahamadali Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklar oldini olish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Rahmidin Nurdinov Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jonibek Samandarov Xorazm viloyati IIB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash Boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top