11:15 / 24.06.2017
4257

Kuvayt amiri Saudiya, BAA va Qatar yetakchilari bilan diplomatik inqirozni muhokama qildi

Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad Al-Jobir as-Saboh Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar yetakchilari bilan Fors ko‘rfazidagi Qatar inqirozini telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda KUNA axborot agentligi xabar bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kuvayt rahbari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, bosh vazir birinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin-Salmon; Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd Al Naxayyon, shuningdek, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar “mintaqadagi so‘nggi hodisalarni, ayniqsa, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va Qatar o‘rtasidagi ziddiyatni” muhokama qilishgan. Shayx Saboh mojaroni Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashida hal etishga chaqirdi.

Kuvayt rahbarining muloqoti, OAVda arab davlatlari Qatarga uzilgan aloqalarni tiklash uchun qo‘ygan talablari haqida ma'lumot paydo bo‘lgach, amalga oshdi. Qatar TIVdagilar hujjat olinganini tasdiqlashdi va uning ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilishgan.

Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Dohaga aloqalarni tiklash uchun 13 ta talabni qo‘yishdi. Ular orasida – Eron bilan diplomatik aloqalar darajasini kamaytirish, Al Jazeera telekanalini yopish, Turkiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish va mamlakatdagi Turkiya harbiy bazasini yopish bor. 

Top