12:09 / 24.06.2017
5787

Pokistondagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni qariyb 60 kishiga yetdi

Foto: AFP

Pokiston shimoli-g‘arbida yuz bergan ikkita portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 57 kishiga yetdi.

Bu haqda Geo TV qutqaruv xizmatlaridagi manbalarga asosan xabar bergan.

Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, hodisa tufayli 300 dan ortiq inson jarohatlangan.

Avvalroq Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Parachinor shahrida sodir etilgan 2 ta portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top