10:05 / 24.06.2017
7027

Rossiya Banki raisining vakolati yana besh yilga uzaytirildi

Foto: RIA "Novosti"

Elvira Nabiullinaning Rossiya Banki raisi lavozimidagi vakolatlari 24 iyun kunidan yana besh yilga uzaytirildi.

Avval iqtisodiy rivojlanish vaziri va davlat rahbari yordamchisi lavozimlarini egallagan Nabiullina Rossiya Bankiga 2013 yilning 24 iyun kuni rahbar etib tayinlangan.

Nabiullina o‘z oldiga yaqin besh yilda Rossiyada past va barqaror inflyatsiyaga erishish, bank tizimini sog‘lomlashtirish jarayonini yakunlash, pensiyalar va sug‘urta sohasidagi moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda.

Nabiullina MBdagi ishi davomida qator deputatlar va tadbirkorlar tomonidan valyuta siyosati uchun tanqid qilingan. Xususan, uni 2014 yildagi rubl devalvatsiyasi, hamda muhim stavkaning asta-sekin pasayishida ayblashadi. Bundan tashqari, u 2013 yilda boshlangan bank sektorini “tozalash” bo‘yicha ishlar tufayli ham keskin tanqid qilingandi. Buning oqibatida Rossiyadagi banklar soni taxminan uchdan birga qisqardi.

Shu bilan birga, RF prezidenti Vladimir Putin Nabiullina o‘tkazayotgan siyosatni bir necha bor qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, aynan Nabiullina inflyatsiya bilan qat'iy kurash olib bordi. 

Putin 22 mart kuni Nabiullina nomzodini Davlat dumasiga vakolatlarni uzaytirish uchun taqdim etdi. “Rossiya Banki to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, MB raisi Davlat dumasi tomonidan deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan besh yilga tayinlanadi. Bu lavozimga nomzodni esa RF prezidenti, MBning amaldagi rahbari vakolatlari muddati yakunlanishiga uch oy qolganida taqdim etadi.

Mavzuga oid
Top