18:27 / 24.06.2017
6307

Suriya hukumati Ramazon hayiti munosabati bilan 671 mahbusni ozod etdi

Foto: RIA "Novosti"

Suriya hukumati Damashqdagi Adra turmasidan 671 nafar mahbusni ozod etdi, deb xabar bermoqda "Al-Mayadin" telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ozod etilganlardan 91 nafari ayollarni tashkil qiladi.

Suriya prezidenti Bashar Asad mahbuslarni ozod qilish qarorini musulmon olamining eng ulug‘ bayramlaridan biri Iyd al-Fitr munosabati bilan xalq yarashuvi doirasida imzoladi.

Mavzuga oid
Top