13:06 / 24.06.2017
19121

Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

Joriy yilning 24 iyun kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Alijon Abdulloyev tayinlangan bo‘lsa, shu vaqtgacha vakant bo‘lib turgan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida endilikda Botir To‘xtamishev faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

2016 yilning dekabr oyidan Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Mustafoyev joriy yilning 13 iyun kuni “O‘zbekenergo” AJ raisi lavozimiga tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top