08:21 / 25.06.2017
7498

Buyuk Britaniya 48 ta davlat bilan savdo munosabatlarini yaxshilamoqchi

AP Photo / Matt Dunham

Buyuk Britaniya hukumati taxminan 48 ta davlat, jumladan nochor va rivojlanayotgan davlatlar bilan ularga qulay savdo sharoitlarini ta'minlab savdo munosabatlarini yaxshilamoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati devonida ma'lum qilindi.

Buyuk Britaniya hukumati tegishli majburiyatlarni zimmasiga olib, Brexit sharoitida Yevropa Ittifoqi kirmaydigan davlatlar bilan savdo munosabatlarini mustahkamlamoqchi.

"Bu majburiyatlar Bangladeshdan tortib Serra-Leone, Gaiti va Efiopiyagacha dunyoning 48 ta davlati Buyuk Britaniyaga qurol va o‘q-doridan tashqari, barcha mahsulotlar uchun bojsiz eksportdan foydalanishni davom ettirishlarini anglatadi", deyildi devonda.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqidan chiqqach Yamayka, Pokiston va Gana kabi rivojlanayotgan davlatlar bilan savdo munosabatlarini kengaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqchi. 

Buyuk Britaniya xalqaro savdo vaziri Liam Foksning aytishicha, Yevropa Ittifoqidan chiqish Buyuk Britaniyaga "qolgan dunyodan uzoqlashmay, aksincha ular bilan yangi kelishuvlar tuzish imkoniyatini" beradi. "Bizning bugungi bayonotimiz rivojlanayotgan davlatlarga savdo yordamida ular iqtisodiyotini rivojlantirish va nochorlikni yengishda ko‘mak berishga sodiqligimizdan darak beradi", deb aytdi vazir. 

Buyuk Britaniya nochor va rivojlanayotgan davlatlardan har yili 20 mlrd funt sterlinglik mahsulot, jumladan to‘qimachilik mahsulotlari, qahva, choy, kakao, banan va gullar import qiladi. 

Mavzuga oid
Top