00:18 / 25.06.2017
6109

Xitoydagi ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishigacha oshdi

Foto: REUTERS / China Daily

Xitoyning Sichuan viloyatida ko‘chki yuz berishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 120 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 15 kishining jasadini chiqarib olishgan. Avvalroq 5 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Ko‘chki Moasyan uyezdining Desi aholi punkti yaqinida 24 iyun ertalab yuz bergan va 62 ta uyni bosib qolgan.

Xitoy raisi Si Tszinpin qurbonlar sonini kamaytirish uchun qidiruv ishlarini faollashtirishni buyurgan.

Ayni vaqtda omon qolganlarni qidirishda mingdan ko‘proq odam ishtirok etmoqda.

Top