20:41 / 25.06.2017
7761

Hindistonda osma yo‘l kabinasi tushib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto:PTI

Hindistonning shimolidagi ommalashgan tog‘-chang‘i kurortidagi osma yo‘l kabinasining yerga tushib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilinishlarini kutmoqdalar, deb xabar bermoqda India Today nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, baxtsiz voqea Gulmarg shahrida yuz bergan. Kuchli shamol sababli daraxt shoxi osma yo‘l trosiga qulagan, buning oqibatida esa kabina yerga tushib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida 4 kishidan iborat oila va ularga gidlik qilgan kishi ham bor.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda qolgan kabinalardagi odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.   

Gulmarg Jammu va Kashmir shtatida joylashgan Himoloydagi ommalashgan kurort.

Top