20:58 / 25.06.2017
4695

Rikkyardo "Formula-1"ning Ozarboyjon Gran-prisi ilk g‘olibi bo‘ldi

"Formula-1" avtopoygasining Red Bull jamoasi a'zosi, avstraliyalik poygachi Daniel Rikkyardo Bokuda o‘tgan Ozarboyjon Gran-prisining ilk g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib "Mercedes"dan finlyandiyalik poygachi Valteri Bottas, uchinchi bo‘lib "Williams" a'zosi, kanadalik Lens Stroll yetib keldi. E'tiborlisi, Bottas Strolldan shundoq marra chizig‘i oldida o‘tib ketdi.

Umumiy jadval yetakchisi, "Ferrari" vakili Sebastyan Fettel poygani beshinchi bo‘lib, chempionlik uchun kurashda uning asosiy raqibi, "Mercedes" vakili Lyuis Xemilton esa oltinchi bo‘lib yakunladi.

Poygada ishtirok etgan 20 poygachidan faqatgina 13 nafari marraga yetib kela oldi.

Boku bosqichi ko‘plab quvib o‘tishlar va to‘qnashuvlar bilan kechdi. Poyga 23-davrada ko‘plab bolidlar ishdan chiqqani sababli to‘xtatib qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top