22:38 / 26.06.2017
16205

AQShda it yana shahar meri etib saylandi

AQShning Kentukki shtatidagi Rebbit-Hesh shahri rahbari etib yana it saylandi. Shahar meri etib saylangan Brinnet Paultro laqabli, uch yoshli pitbul zotli it saylovda tovuq, mushuk, eshak va saylovda qatnashgan boshqa nomzodlar ustidan g‘alaba qozongan, deb xabar beradi WDRB-TV.

It 2010 yilgi aholini ro‘yxatga olish sanog‘iga ko‘ra 315 kishi yashovchi shaharchada to‘rtinchi marta formal jihatdan rahbarlik qiladi. 1998 yilda Gufi Bornmen laqabli zotsiz it merlikka saylangandi. U 2001 yilda o‘lgan. So‘ngra uning o‘rnini Junior Kokran laqabli labrador zotli it egallagan. Uchinchi mer Lyusi Lu laqabli border-kolli zotli urg‘ochi it bo‘lgan. Lyusi Lu yetti yil mobaynida shahar meri hisoblangan.

Rebbit-Heshning meri real hokimiyatga ega bo‘lmaydi va jamoatchilik hayotiga ta'sir o‘tkaza olmaydi. Saylovni shaharchani obodonlashtirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida tashkillashtiriladi. Saylovda qatnashish uchun 1 dollar to‘lash, boz ustiga har safar pul to‘lab bir necha marta ovoz berish mumkin. Bu yil saylovdan yig‘ilgan pullar yong‘indan talofat ko‘rgan mahalliy do‘kon ta'miriga yo‘naltiriladi.

Top