00:05 / 26.06.2017
6399

Yamandagi masjidda sodir etilgan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2017 / Stringer

Yamanning Amron viloyatidagi masjidlardan birida hayit namozi o‘qilayotgan vaqtda  husiylar o‘rtasida otishma chiqdi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi yaralandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Amron mamlakat poytaxti Sanodan shimolda joylashgan. Voqea viloyat g‘arbidagi Shahar munitsipalitetida yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha,  "Ansor Alloh" ayirmachilar harakati jangchilaridan biri masjidda harakat shiorlarining aytilishi oqibatida chiqqan mojaroda boshqa jangchiga o‘q uzgan. Otishma sababchisi o‘ldirilgandan keyin ham to‘qnashuv davom etgan va uning oqibatida yana ikki kishi halok bo‘lgan va 3 kishi yaralangan.

Yamanda hukumat kuchlari va shia ayirmachilari – husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2014 yildan beri davom etib kelmoqda. BMTning ixtilofni tinchlik bilan hal qilishga barcha urinishlari natija bermayapti.

Mavzuga oid
Top