10:20 / 26.06.2017
10177

Durov: Telegram’ning to‘sib qo‘yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durovning fikricha, servisni Rossiyada to‘sib qo‘yish terrorchilar va narkodilerlar uchun muammo bo‘lmaydi.

«Telegram’ning ehtimoliy bloklanishi terrorchilar va narkodilerlar vazifasini murakkablashtirmaydi – ular oxirgi shifrlanishga (+VPN) asoslangan o‘nlab boshqa messenjerlardan foydalanishi mumkin. Dunyoning bironta mamlakatida shunday messenjerlar yoki VPN servislarining barchasi bloklanmagan», - deya yozdi Durov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «terrorizmni bloklash orqali mag‘lub etish uchun, internetni bloklab qo‘yish kerak bo‘ladi».

Uning ta'kidlashicha, hozirgi kunda maxfiy ma'lumotni almashish oxirgi shifrlashga asoslangan bo‘lib, messenjer egalarida uni ochishga kalit yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, sababi kalitlar faqatgina foydalanuvchilar qurilmalarida bo‘ladi.

Avvalroq Telegram Rossiyada to‘sib qo‘yilishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top