17:18 / 26.06.2017
26858

Ikki bug‘uning noodatiy tarzda urushishi videoga olindi

Tennessi shtati (AQSh) tabiiy resurslar va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish agentligi xodimlari ikkita oq dumli bug‘uning orqa oyoqlarida turib urishgani tasvirlangan videoni taqdim etishdi. Yozuv agentlikning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Hayvonlar dueli o‘rmonda o‘rnatilgan kameralardan birining obektiviga tushib qoldi. Agentlik xodimlarining taxminicha, bug‘ular ovqat sabab urishishgan.

Oq dumli (virginiyalik) bug‘u – Shimoliy Amerikada eng keng tarqalgan bug‘ulardan biri bo‘lib, bu sutemizuvchilar Kanada janubidan to Peru va Braziliya shimoliga qadar bo‘lgan hududlarda yashaydi.

Top