14:05 / 26.06.2017
3766

Irlandiya harbiy kemasi Liviya qirg‘oqlarida 700 dan ortiq qochqinni qutqarib qoldi

Irlandiya harbiy kemasi Liviya poytaxti Tripoli qirg‘oqlariga yaqin yerda 712 kishini qutqarib qoldi. Bu xalqaro qutqaruv amaliyoti doirasida ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi Irlandiya mudofaa kuchlariga asosan.

LÉ Eithne kemasi yakshanba kuni Tripolidan 40 kilometr shimoli-g‘arbda cho‘kib ketayotganlarni qutqarish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazdi. Olti nafar muhojir behush holda topildi, ular qutqarilgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, kema barcha qochqinlarni, jumladan 14 nafar homilador ayol va 4 nafar kichik bolani xavfsiz joyga olib keladi. Portda ular Italiya hukumatiga topshiriladi.

Joriy yil boshidan beri O‘rta Yer dengizidan Yevropaga 77 mingdan ortiq muhojir va qochqinlar keldi. O‘r Yer dengizini kesib o‘tish chog‘ida 1828 inson halok bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top