09:40 / 26.06.2017
12690

OAV: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti ma'muriyati Kim Chen Inni o‘ldirishni rejalashtirgan

Foto: AFP

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe ma'muriyati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni o‘ldirishni rejalashtirgan, deb yozmoqda manbaga iqtibos keltirgan holda Asahi yapon nashri.

Ta'kidlanishicha, 2015 yil oxirida Pak Kin Xe Shimoliy Koreyada "rahbariyat o‘zgarishi" eslatib o‘tilgan hujjatni imzolagan. Qabul qilingan reja ustida Janubiy Koreya razvedkasi ish olib borgan.

Kim Chen In o‘limi baxtsiz hodisa ko‘rinishida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Uni yo‘q qilishning variantlari orasida yo‘l-transport hodisasi, temir yo‘l yoki suvda falokat uyushtirish ko‘rib chiqilgan. Biroq rejani amalga oshirishga muvaffaq bo‘linmagan. 

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning amaldagi ma'muriyati Shimoliy Koreya yetakchisini yo‘q qilish rejasidan voz kechgan.

Mavzuga oid
Top