10:36 / 27.06.2017
6465

Isroil samolyotlari G‘azo sektoridagi ikki obektga hujum qildi

Foto: AFP

Isroil samolyotlari falastinliklar pozitsiyasiga hujum qildi. Bu G‘azo sektoridan otilgan raketaga javoban ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Isroil armiyasi matbuot xizmati.

«Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari, G‘azo sektoridan uchirilgan raketaga javoban HAMAS tashkilotiga qarashli bo‘lgan harbiy infratuzilmaning ikkita obektiga hujum qildi», - deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot ochiqlanmagan.

Top