01:06 / 27.06.2017
7300

Qohira yaqinidagi ko‘lda bir kun ichida 8 bola cho‘kib ketdi

26 iyunda Qohiradan g‘arbda joylashgan Al-Fayum vohasidagi Vadi-Rayon ko‘lida 8 bola cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aksariyati o‘smir yoshida bo‘lgan bolalarning cho‘kishiga ularning taqiqlangan joylarda cho‘milishlari sabab bo‘lgan.  

Ko‘lning ba'zi yerlarida chuqurligi 40 metrgacha yetadi. Ma'lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligi suzishni bilmagan. Ushbu ko‘lga mahalliy aholi Iyd al-Fitr bayrami vaqtida dam olgani keladi. 

Top