23:02 / 27.06.2017
19534

Ravshan Ermatov Portugaliya – Chili o‘yinida ishlaydi

Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar Kubogi yarim finalida videotakrorlar bo‘yicha assistent bo‘lib ishlaydi. 

FIFA rasmiy saytida xabar berilishicha, turnir yarim finali doirasidagi Portugaliya va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv videoassistentlari qatorida o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov ham bor. Unga shu kuni Abdula Alshalvaiy (Saudiya Arabistoni) va Jayr Marrufo (AQSh) yordam beradi.

Portugaliya va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final bahsi 28 iyun kuni Qozon shahridagi “Qozon Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Top