13:40 / 27.06.2017
18116

Samarqand hokimi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev viloyat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash hamda joylarda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi viloyatimizda ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Darhaqiqat, bugun viloyatimizda yoshlarning za­monaviy bilim va kasb-hunarlarni pux­ta egallashi uchun 8 ta oliy ta'lim muas­­sa­sasi, 161 ta kasb-hunar ta'limi mas­ka­ni, akademik litsey hamda 1200 dan ortiq umu­miy o‘rta ta'lim maktablari mav­jud. Maz­kur ilm dargohlari zarur o‘quv anjom­lari bi­lan jihozlangan bo‘lib, malakali, oliy toifali o‘qituvchi hamda murab­biy­lar o‘quv­­chi va talabalarga ta'lim berib kel­moqda. Samarqand shahridagi muhtasham "Yosh­lar markazi", bir nechta  sport majmualari, tu­man va shaharlardagi yopiq hamda ochiq su­­zish havzalari, turli to‘garaklar o‘g‘il-qizlarning hech kimdan kam bo‘lmasdan voya­ga yetishlari uchun yaratilayotgan imkoniyat­lar samarasidir. Bugungi kunda yoshlarni ezgu maqsad va g‘oya­lar atrofida birlashtirish, ularning tashabbus va intilishlarini ro‘yobga chi­qarish, tengdoshlari bilan sog‘lom raqo­bat muhiti asosida ilmiy va texnikaviy kashfiyotlarni amalga oshirishda "Kamo­lot" Yoshlar ijtimoiy harakati asosiy o‘rin egallamoqda. Harakatning viloyat­da­gi  1693 dan ortiq boshlang‘ich tashkiloti to­monidan qariyb 325  mingdan ziyod  shi­joat­li yoshlarning qamrab olingani bu bo­­radagi maqsadlar istiqbolida muhim omil bo‘layotir.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvlari doirasida dastlab barcha tuman va shaharlarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Kengashlarining ta'mirlangan binolari  tantanali ravishda topshirildi. Paxtachi, Narpay, Urgut, Samarqand tumanlarida o‘tkazilgan shunday tadbirlarda  viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev ishtirok etib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoli­gi­da yoshlar siyosatiga qaratilgan e'tibor, shu bilan birga bu boradagi islohotlar uzviy davom ettirilayotgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bar­cha islohotlar aholi, ayniqsa, yoshlar ke­­lajagi uchun ekanligini hamda mazkur uchrashuv yoshlarning siyosiy, ij­timoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni­ga keng jalb etish, bunday tizimli ishlar sa­maradorligidan doimiy xabardor­li­gi­ni oshirishga xizmat qilayotganini alohida ta'kid­lab o‘tdi. Narpay tumanidagi yoshlar istiohat bog‘ida viloyat hokimi bilan tashkil qilingan ochiq muloqot tar­zidagi  uchrashuvda yoshlar tadbirkor­ligini qo‘llab-quvvatlash, soliq imtiyoz­la­ridan foydalanish, shuningdek yoshlarni turli illatlardan himoya qilish, ular qalbida vatanparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirish borasidagi tadbirlar ta'sirchanligini yanada oshirish kabi masalalar il­gari surildi.

- Biz uchun alohida binoni berilgani narpaylik yoshlarni ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi, -deydi “Kamolot” YoIH Narpay tuman Kengashi raisi Shuhrat Madalov. – Bu yerda sardorlar uchun alohida xonalar ajratilgan. To‘garaklar faoliyatini olib borishi uchun tikuv mashinalari, ingliz tilini chuqur o‘rganish uchun esa multmediya jamlanmasi berildi. Endilikda biz uyushmagan yoshlarni ham ortimizdan ergashtirib, ezgu maqsadlar sari boshlashimiz lozim bo‘ladi.

Viloyat hokimligida tuman va shahar studiyalari bilan videomuloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlari, yoshlarimizning intilishi, tashabbus va iqtidorlarini ruyobga chiqarish, qullab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarining samarasi haqida gapirib, bugun barchamiz  asosiy e'tiborni uyushmagan yoshlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratishimiz zarurligini alohida ta'kidladi. O‘z navbatida yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammolar yechimi yuzasidan hokim va boshqa mutassadilarga murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

Tadbirlar doirasida o‘qishda, sportda, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan yoshlarga viloyat hokimligining tashakkuronomalari va “Kamolot” a'zoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan nishonlar tantanali topshirildi.

 

Top