20:01 / 28.06.2017
4952

Yaponiya 2030 yilgacha Oyga fazogirlarni qo‘ndirmoqchi

Yaponiya 2030 yilgacha Oyga fazogirlarni qo‘ndirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning aerokoinot tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma'lum qildi.  

Kyodo axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligida o‘tgan koinot tadqiqotlarining istiqbollariga bag‘ishlangan anjumanda aytilgan. Ta'kidlanishicha, JAXA shuningdek AQShning Oy orbitasida yangi koinot stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etmoqchi. 

Insonning Oyga ilk qo‘ndirilishi 1969 yil 21 iyulda AQSh tomondan "Apollon" dasturi doirasida amalga oshirilgan. "Apollon-11" koinot kemasi bortida Oyga fazogirlar Nil Armstrong, Maykl Kollinz va Bazz Oldrin yo‘l olganlar. Ular Oyga 8 kunda yetib olgach, Oyga qo‘ngan joylarida AQSh bayrog‘ini, ilmiy asboblar majmuasini o‘rnatishgan va Oy tuprog‘idan 21,55 kg namuna yig‘ib tushishgan.

Mavzuga oid
Top