11:53 / 28.06.2017
10620

Buxoroda yana bir qo‘shmachi ayol aniqlandi

Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi, 76/1-uyda yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan, B.Ro‘ziyeva o‘zi yashab kelayotgan uyda, Shofirkon tumani, Yuqori Iskogare MFYda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan  Z.Nargiza va Buxoro shahar Shirbudin ko‘chasi 5-uyda yashovchi A.Rustamlarning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun 10.000 so‘m pul evaziga sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan B.Ro‘ziyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2,4-qismlari bilan qo‘shimcha ayb e'lon qilingan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top