15:52 / 28.06.2017
7548

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni rasman uzaytirdi

Foto: RIA "Novosti"

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni yana yarim yilga rasman uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashi bayonotida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, sanksiyalar 2018 yilning 31 yanvar kuniga qadar uzaytirilgan.

22 iyun kuni Yevrokengash rahbari Donald Tusk Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga kelishib olgani haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top