13:31 / 28.06.2017
9205

Xo‘jaylida qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘irlik, zo‘ravonlik kabi jinoyatlar oldingi yilga qaraganda ortgan

Xo‘jayli tumanida giyohvandlikka qarshi kurashish ishlari zamon talablaridan ancha ortda qolib ketmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Oliy Majlis Senati a'zosi Gulistan Annaqlicheva "Yerkin Qaraqalpaqstan" gazetasida ma'lum qildi, deb yozmoqda Kruz.uz.
 
"Yoshlar orasida bu yo‘nalishdagi choralarni yanada kuchaytirish, giyohvandlikka berilgan, zaharlanib, kasallikka chalinganlarni hayotga qaytarish giyohvandlik tomirlarini uzil-kesil qirqishga yordam bergan bo‘lar edi", - degan muallif. 

"Shuningdek, Xo‘jayli tumani hududida qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘irlik, zo‘ravonlik kabi jinoyatlarning oldingi yillarga qaraganda ortganini ko‘ramiz". 

Top