11:06 / 28.06.2017
18498

Qirg‘iziston chegarasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari mamlakat hududida yashayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarga a'zo guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlangan.

«Qo‘lga olingan terrorchilar xalqaro terorchilik tashkilotlariga a'zo bo‘lgan va ular mamlakatning chegara hududlarida terakt uyushtirishni maqsad qilishgan. Bundan maqsad hududdagi barqarorlikni izdan chiqarish bo‘lgan»,- deb iqtibos keltiradi Ria Novosti.

Bayonotda Qirg‘izistonning aynan qaysi mamlakat bilan chegarasi haqida gap borgani haqida aytilmagan.

Mavzuga oid
Top