08:00 / 28.06.2017
23364

Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Joriy yilning 27 iyun kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Alisher Muhammadiyevich Abdug‘aniyev Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Alisher  Abdug‘aniyev 1971 yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topgan. Shu vaqtgacha u Zomin tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab turgan edi.

Mavzuga oid
Top