22:14 / 29.06.2017
18596

Video: Ayol qimmatbaho taqinchoqni sindirib qo‘yganini bilgandan keyin hushidan ketib qoldi

Xitoyning Yunnan viloyatidagi Juyli shahri bozorida sotuvchi bir ayolga u sindirib qo‘ygan bilakuzuk narxini aytgandan keyin u hushidan ketib qoldi. Ayol nefritdan tayyorlangan bilakuzukni taqib ko‘rmoqchi bo‘lib, uni qo‘lidan tushirib yuborgan va unga shikast yetkazgan. Ma'lum bo‘lishicha, bilakuzuk qimmatbaho bo‘lib, 300 ming yuan – 40 ming dollardan qimmatroq turgan.    

Ayolni hushiga keltirishgach, u sotuvchi bilan kelishishga urinib, yetkazgan zarari uchun unga 70 ming yuan bermoqchi bo‘lgan. Biroq sotuvchi ayoldan bilakuzukning to‘liq narxini to‘lab berishini talab qilgan. Keyinroq taqinchoq mustaqil ekspert tomonidan 180 ming yuanga baholangan. Endi ayol sotuvchiga shuncha pulni to‘lab berishi lozim.  

Top