12:00 / 29.06.2017
6163

Donnarumma «Milan» bilan shartnomani uzaytirishi shartini aytdi

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnaruma «Milan» tuzgan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Football Italia Cadena Cope radiosi bergan ma'lumotga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shartnoma bandiga futbolchini 2018 yilda «Real»ga qo‘yib yuborish bandi ham kiritiladi. U faqatgina shu shart bilan yangi bitimga imzo chekishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Donnarummap «rossoner»lar bilan kelgusi mavsumda xayrlashish rejasidan hamon qaytmagan. Bu narsa uning uchun to‘lanadigan tovon puli miqdorini katta bo‘lmasligiga va «Real» uni sotib olishini osonlashtirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq uning agenti Mino Rayola «Milan» bilan yoshlar o‘rtasidagi Yevro-2017dan so‘ng Donnarummani kelajagini muhokama qilishga kelishib olgandi.

Top