10:59 / 29.06.2017
10542

Xitoydagi suv toshqini 800 yillik ko‘prikni vayron etdi

Xitoyning Tszyansi viloyatida ro‘y bergan suv toshqini 800 yillik mashhur Ezgu umidlar ko‘prigini yo‘q qildi. People's Daily portali “Tvitterda”gi sahifasida bu holat tasvirlangan videorolikni e'lon qildi.

Internetdagi kadrlardan ko‘rish mumkinki, yog‘och konstruksiya suvga qulagan va daryo oqimi bilan birga suzib ketgan.

Ko‘prik shunday tarzda qurilgandiki, bu tumanda yuz beruvchi suv toshqinlari uning barcha 11 qismini bir vaqtda yo‘q qilishga imkon bermasdi – aynan shuning uchun konstruksiyaning asosiy qismi sakkiz asr davomida saqlanib qolgan. Ezgu umidlar ko‘prigi mahalliy aholi va turistlar orasida juda mashhur edi. Undan o‘tgan insonga omad va baxt hamrohlik qiladi, deb taxmin qilingan.

 

Top