21:45 / 29.06.2017
10802

​​​​​​​Intereringiz uchun mos tushuvchi funksional maishiy texnika

LG kompaniyasi inson hayotini nafaqat yengillashtirish, balki yanada bezash harakatida shunday mahsulotlar ishlab chiqarmoqdaki, ularning dizayn va funksiyalari ko‘p yillar davomida foydalanishdan so‘ng ham aktual bo‘ladi.

Ko‘plab kishilar yirik maishiy texnikaning xaridiga pragmatizm bilan qaraydi. Unga ketayotgan yirik xarajat e'tiborga olinsa, u ko‘p yillar davomida xizmat qilishi lozim. Bizning uy – bu o‘zimiz yashaydigan, dam oladigan, kuchlarni tiklaydigan, energiya oladigan joydir. Shuning uchun bizni o‘rab turgan barcha narsa nafaqat funksional, balki estetik foyda keltirishi ham muhim.

Makon, vaqt va xayollarni ozod etish! LG’dan zamonaviy maishiy texnika aynan shunday maqsadlarni ko‘zlagan. Masalan, LG SIGNATURE seriyasidagi OLED TV televizorining juda xushbichim dizayni istalgan intererga mos tushadi, bizga sevimli filmlar yoki ko‘rsatuvlarni ko‘rishda umuman yangi hissiyotlar taqdim etadi. 65 dyuymli modelning OLED-paneli atigi 2,57 mm.lik qalinlikka ega, hamda uni devorning o‘ziga magnitli qismlar orqali mustahkamlash mumkin, bunda televizor va devor o‘rtasida bo‘sh joylar paydo bo‘lmaydi. Bunday dizayn tomoshabinda u televizor ekraniga emas, balki xuddi derazaga qarayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Uning asosi – ichki joylashtirilgan tovush paneliga ega xushbichim tagiga qo‘yiladigan maxsus taglikdir. Tovush tomoshabin tarafga tarqaydi, bu asosning old qismida joylashgan dinamiklar tufayli ro‘y beradi. LG OLED televizori Dolby Vision shaklida ishlashi mumkin, u juda ko‘plab soya va ranglar, shuningdek, yorqin ranglar va ekrandagi chuqur qora texnologiyali bo‘lib, natijada biz eng qora hamda eng yorqin obektlarni maksimal aniqlikda ko‘ramiz.

LG OLED televizori webOS 3.5 yaxshilangan dasturiy tizimida ishlaydi, u ilovalar o‘rnatishda ajobiy himoya darajasini ko‘rsatdi. Yaxshi dizayndan tashqari, televizor ko‘p funksional bo‘lib, onlayn videoni butun oila bilan ko‘rishga ideal mos tushadi.

Uy uchun texnikaga umuman yangicha nigoh - LG Instaview Door-in-Door (SB) muzlatgichi. O‘zgacha uslub va zamonaviy dizayn yangi, 33 dyuymli qora rangli panel bilan to‘ldiriladi. U muzlatgichda nima bor ekanini, uni ochmay turib ko‘rish imkonini beradi. Bu yerda xuddi ertakdagidek – eshikka bir necha bor urib qo‘yish yetarli, hamda maxsus yoritgich sizga uning ichida qanday mahsulotlar bor ekanini ko‘rsatib beradi. Bundan tashqari, «Eshikdagi eshik» (Door-in-Door SB) keng kamerasi oilangiz ko‘p ishlatadigan mahsulotlar va ichimliklarni osonlik bilan joylashtirishda qo‘l keladi. Yashirin tugmachani bosing va kerakli mahsulotni oling. Sabzavotlar va mevalarni saqlash uchun namlikning eng optimal darajasi FRESH Balancer* texnologiyasi bilan ta'minlanadi. Nazoratga solgichda bu bo‘limda nima saqlanishini ko‘rsating, qolganini esa muzlatgich o‘rningizga qiladi.

Barcha ma'lumki, konditsionerni intererga moslash bilan bog‘liq bir qancha muammolar bor. Uni qandaydir panellar ortida berkita olmaysiz va matolar bilan maxsus bezak berish mushkul. Aynan shuning uchun LG kompaniyasi tomonidan Artcool Stylist konditsioneri yaratildi. Bu split-tizim nafaqat shakli, balki nur diodli yoritgichi bilan ham noyobdir, u oldingi panelga bezak beradi. Oilaning har bir a'zosi sakkizta rangdan sevimlisini tanlashi mumkin, hamda ularning bari uyga o‘zgacha chiroy beradi va barchaga so‘zsiz yoqadi. Havoni uchta tomonlama tarqatish uyning barcha hududida yengil va tabiiy soflik oqimi bilan ta'minlaydi. Hamda uyqu vaqtida hech narsa sizga xalaqit bermaydi – bu konditsioner nafaqat eng o‘zgacha, balki eng shovqinsiz hamdir.

LG TWIN Wash kir yuvish mashinasining qulayligini isbotlash kerak emas. Undan foydalana boshlashning o‘zi yetarli. Vaqtingizni ozod qilish uchun maxsus tizim o‘ylab topilgan bo‘lib, u matolar turi va rangiga qaramay bir vaqtda yuvish imkonini beradi. Ikkita baraban birdaniga ikki alohida siklni ishga tushirishi mumkin: oddiy va nozik narsalar, oq va ranglilar, juda kir va sal ifloslangan kiyimlar. Bu mashinachaga 17 kilogrammgacha narsa sig‘adi! Siz endi vaqtingiz va uydagi ortiq hududni qurbon qilmasligingiz mumkin: oddiy kir yuvish mashinasi joyini egallagan bu uskuna birdaniga ikkita vazifani bajaradi.

Shu tariqa, zamonaviy maishiy texnika nafaqat uy xo‘jaligida funksional yordamchi, balki bezak elementiga ham aylanmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top