Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sul shahri IShID jangarilaridan to‘la ozod etilgani haqidagi xabarga munosabat bildirib o‘tdi.
«Biz IShIDning tugashini ko‘rib turibmiz, Mo‘sulning ozod etilishi bu so‘zlarimni tasdiqlaydi. Biz to‘xtamaymiz, bizning jasur harbiylarimiz uzil-kesil g‘alabaga erishadilar», — deya yozgan vazir tvitterida.
U Iroq IShIDning oxirgi jangarisi o‘ldirilmagunicha yoki javobgarlikka tortilmagunicha kurashni davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.
Bugun Iroq Mudofaa vazirligi Mosul IShIDdan ozod etilganini e'lon qildi.
IShID Mo‘sul shahrini bundan 3 yil muqaddam bosib olgandi. Iroq Mudofaa vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, Mosulda IShID nazorat qilayotgan birorta ham hudud qolmagan.
O‘tgan haftada Iroq armiyasi IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy bundan 3 yil avval «xalifalik» e'lon qilgan An-Nuriy masjidi atrofidagi hudud ustidan nazorat o‘rnatgan edi.