17:52 / 29.06.2017
5642

Kreml: Putin va Trampning alohida uchrashuviga tayyorgarlik olib borilmayapti

Foto: RIA "Novosti"

Ayni damda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Trampning alohida uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Agarda alohida uchrashuvni tashkil etish haqida gapirsak, hozircha u tayyorlanmayapti», - degan u.

Shu bilan birga, Peskovning ta'kidlashicha, ikki yetakchi «nima bo‘lgan taqdirda ham» G20 sammitida uchrashadi.

Tramp G20 sammitida Putin bilan keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazmoqchi

Top