23:01 / 29.06.2017
6829

Pokistonda osma yo‘l kabinasi tushib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: geo.tv

Pokiston shimolida joylashgan Galyot viloyatida osma yo‘l kabinasi tushib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 2 nafar kishi jarohat oldi. Bu haqda 29 iyunda qutqaruvchilarga iqtibos keltirgan holda Geo TV telekanali ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 4 kishi bir oiladan bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, falokatga kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning jasadi qarindoshlariga topshirilgan, deb xabar berdi telekanal.

Ma'lum bo‘lishicha, osma yo‘lni mahalliy axolining o‘zi tegishli idoralar bilan maslahatlashmagan holda o‘rnatgan. Undan bir qishloqdan ikkinchisiga o‘tish uchun foydalanilgan. 

Top